alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mudofaa Vazirligi tibbiyot ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining Andijon garnizoniga tashrifi

14:25 15.02.2020

Andijon garnizonida Mudofaa Vazirligi tibbiyot ta’minot boshqarmasi boshlig‘i tibbiyot xizmati polkovnigi Abduvoxid Abduvaxobovich Azimov, Mudofaa Vazirligi tibbiyot ta’minot boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari tibbiyot xizmati polkovnigi Abdug‘ani Xoshimovich Yuldashyev  hamda Sharqiy xarbiy okrugi tibbiyot xizmati boshlig‘i tibbiyot xizmati podpolkovnigi Abduvaxid Safarov birgalikda harbiy kismlar tibbiy punktlari faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Harbiy kismda yangi qurilgan batalon tibbiy punktini ko‘zdan kechirdi, o‘z ko‘rsatmalarini berib, Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrada taxsil olayotgan 3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Harbiy qism tibbiy punktida harbiy kafedra talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish vaqtida Mudofaa Vazirligi tibbiyot ta’minot boshqarmasi boshlig‘i tibbiyot xizmati polkovnigi A.A.Azimov Mudofaa vazirligi tizimidagi tibbiy xizmatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yangi tibbiy asbob-uskunalari, dori vositalari  hamda harbiy tibbiyotdagi transport vositalari haqida so‘zlab berdi. Tibbiy punktlarda stomatolog xonasi, EKG apparati o‘rnatish va aholiga pulli xizmatni tashkillashtirish ishlarini bo‘yicha harbiy qism komandiri hamda tibbiyot xizmati boshlig‘iga vazifalar qo‘yildi.

Shundan so‘ng polkovnik A.A.Azimov Jalaquduq tumanida joylashgan harbiy qism tibbiy punkti bilan tanishib chiqdi va fikr-muloxazalari bildirdi, tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek Andijon shahar “Chorguzar” mahallasida yashovchi Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi bo‘lgan nuroniy otaxon bilan uchrashdi. Samimiy suhbat davomida otaxon Ikkinchi jaxon urushi va undan keyingi qiyinchiliklar davri haqida gapirib berib, musaffo osmonimizga ko‘z tegmasin deb duo qildi. Yurtimiz ravnaqi uchun sidqidil bilan ish olib borayotgan mamlakatimiz Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida xizmati qilayotgan harbiy xizmatchilarga sog‘lik, kuch-quvvat tiladi.
Mudofaa Vazirligi tibbiyot ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining Andijon garnizoniga tashrifi samarali bo‘ldi.

Akmaljon Nasriddinov,

ADTI harbiy tayyorgarlik va

fuqaro muhofazasi kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!