aaa MUHАMMАD YUSUF TАVАLLUDIGА BАGʼISHLАNGАN BOSH TАDBIRDА INSTITUTIMIZ VАKILLАRI HАM FАOL ISHTIROK ETDILАR | Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUHАMMАD YUSUF TАVАLLUDIGА BАGʼISHLАNGАN BOSH TАDBIRDА INSTITUTIMIZ VАKILLАRI HАM FАOL ISHTIROK ETDILАR

15:50 26.04.2021

Oʼzbekiston xalq shoiri, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf haqida ortiqcha taʼrif yoʼq aslida. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʼlganlar orasida uni tanimagan, sheʼrlarini yod olmagan kishini uchratmaysiz. “Mendan nima qolar, ikki misra sheʼr” deya oʼz shaxsiyatiga kamtarona taʼrif bergan shoirdan bugun haqiqiy maʼnaviy meros qoldi.

Shoir tavalludining 67 yilligi munosabati bilan aynan Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi maydonda tashkil etilgan bosh tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, unda institutimiz rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda bir qator faol talabalarimiz ham qatnashdilar.

Sana munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan shoir sheʼrlari jamlangan ikki mingta kitob tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Kechada shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, shogirdlari soʼz olib, uning hayot yoʼllari, ijodiga toʼxtaldilar, xotiralar yodga olindi. Shoirning xalqchil va ravon soʼzlar bilan bitilgan sheʼrlaridan namunalar oʼqildi

Har yilning 26-aprel sanasida shoir tugʼilib oʼsgan Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʼi yurtimizning turli burchaklaridan, xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar, sheʼriyat shaydolari bilan gavjum boʼladi. Muhammad Yusufning yaqinlari, ashaddiy muxlislari, shogirdlari, xususan bizning institutimiz vakillari ham uning qabrini ziyorat qilib, atrofini gullarga burkadilar.Tadbir shoir oʼqigan umumtaʼlim maktabida davom etdi.