alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Muhammad Yusuf ijod maktabida “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari

16:43 14.11.2020

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab nafaqat viloyatimizning, balki butun respublikamizning faxriga aylangan. Bugungi kunda Muhammad Yusuf ijod maktabi haqiqiy iqtidor va iste’dodlar maktabiga aylandi.


“Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlarini doktori, professor M.M.Madazimov rahbarligidagi targ‘ibot guruhi Muhammad Yusuf ijod maktabi tashrif buyurdilar.


– Maktabimizda adabiyotga mehr qo‘ygan iqtidorli o‘quvchilar tahsil olmoqda, – deydi mehmonlarni kutib olgan Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori Shohistaxon Nurmatova. – Maktabimizda o‘quvchilarning o‘qishi, ijod qilishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Malakali pedagoglarimiz umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyoti, badiiy ijod, notiqlik san’ati borasida o‘quvchilarga chuqur bilim bermoqda, – deya so‘zini yakunladi maktab direktori.


Targ‘ibotchilar maktablar hayoti bilan yaqindan tanishdilar, o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular  tomonidan qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan ko‘rgazmalardan baharmand bo‘ldilar.


Maktab o‘quvchilar bilan samimiy muloqotlar davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ijtimoiy hayotga tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan so‘z yuritildi. O‘z o‘rnida maktablar vakillari ham mamlakatda amalga oshtrilayotgan islohotlarga o‘z munosabatlarini bildirdilar. Ijodkor yoshlar tomonidan o‘qilgan she’rlar olishlar bilan qarshi olindi.


“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shahardagi 19-, 37-umumta’lim maktablarida ham o‘tkazildi.

Bayramona tadbirlar aholining kayfiyatini ko‘tarish, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirish, mustahkamlashda alohida o‘ringa ega bo‘lmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!