alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Munosabat: Hammasi biz uchun!

14:29 04.01.2021

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasining kirib kelayotgan yangi yil uchun rejalar tuzish va nomlash vaqtida yuraklarimiz hayajonga to’ldi. Shu damda biz yoshlar yanada ko’proq quvondik, negaki yangi yil nomi e’lon qilinishini intiqlik bilan kutar ekanmiz, bu yil nomi bizning kelajagimiz, o’y-hayollarimiz ro’yobi hamda imkoniyatlarimiz debochasining yanada keng quloch yoyishi uchun ataldi go’yo…
2021 yil – Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
Yangi yilning bunday nomlanishi shaxsan mening yelkamga yanada ko’proq mas’uliyat yuklaganday… Sababi tibbiyot oliygohi talabasi ekanman yurtimizning har bir fuqarosi, oilamizning har bir a’zosi, jamiyatimiz, umuman atrofimdagi har bir insonlarning salomatligiga yurtimizning har bir shifokori qatori men ham javobgarman. Bizning taqdirimiz yurtimiz O’zbekistonning taqdiri bilan chambarchas bog’liq, albatta.
Shu o’rinda faxr bilan ayta olamanki, bo’lajak shifokor sifatida ota-onam, ustozlarim, ADTI rektori, professor M.M.Mazadimov ustozimizning va, albatta, muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning biz yoshlarga bildirayotgan ishonchini oqlashga jon-dilim bilan harakat qilaman.

Mexribonu Adhamjonova,

ADTI, II kurs talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!