alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Muqaddas va olijanob kasb egalari! Aziz harbiylar! Bayramingiz muborak!

16:12 11.01.2019

VATANIMIZ POSBONLARINI  ShARAFLAYMIZ!

      Mamlakatimiz mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligiyu xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan qadrli Vatan himoyachilari, harbiy xizmatchilar, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlar!
Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz! Biz Sizlarning yakdilligingiz, bir so‘zliligingiz, kuchli va ishonchli tirgak ekanligingizni hamisha qadrlaymiz. Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilab qolamiz.
Har doim yuragingiz Vatan ishqida yonib tursin! Vatanimiz sarhadlari sizlardek ishonchli, qat’iyatli, oriyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!
Qadrli Vatan himoyachilari! Jonajon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling! Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

                                                                                ADTI matbuot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!