alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Murabbiylarning navbatdagi yig‘ilishi

15:36 14.09.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti guruh murarabbiylarining navbatdagi yig‘ilishida institut rektori Madaminjon Madazimov, o‘quv ishlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida institut rektori guruh mas’ullari va murabbiylarni yangi o‘quv yili munosabati bilan instituda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, o‘quv jihozlari bilan to‘la ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, yangi o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini oshganligining sabablarini tushuntirib o‘tdi. Jumladan, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari, kommunal xizmatlar ta’riflari va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlari daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan 20 foizga ortganligi, talabalar kontingentining ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni talab etishi,  to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi qaramay bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplanayotganligi, qat’iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya davlat byudjeti asosida o‘qiydiganlar uchun ham, kontraktda o‘qiydiganlar uchun ham joriy etilishi, stipendiyali va stipendiyasiz o‘qish tizimi,  talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigacha qo‘shimcha rag‘batlantirish berilishi, nogironlar, kam ta’minlangan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham OTM fondidan stipendiya qoplab berishi xususida ma’lumot berdi.

Tezkor zamon har birimizdan bilim va ko‘nikmalarimizni oshirib borishimizni talab qilmoqda. Yig‘ilishda ayrim talabalar ta’lim – bilim olishga e’tiborsizlik qilayotganligi, yoshlarning nutq, muloqot, kiyinish madaniyatida uchrayotgan kamchiliklar, muammolar muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari yoshlar ta’lim-tarbiyasida dekanlar, kafedralar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida kelishib olishdi.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!