alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUROJAATLAR OʻRGANILIB, JOYIDA HAL QILISHGA ERISHILDI

21:10 13.05.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2022-yil 10-maydagi “Andijon viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, xududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilishi toʻgʻrisida”gi №07-1211-son va ushbu masala yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 10-maydagi №6/18-11-son topshiriq xatini ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati aholisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, xududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish uchun ishchi gurux sifatida joriy yilning 11-13-may kunlari sayyor qabulda  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori v.v.b. F. Farhodov rahbarligida viloyatimizdagi mavjud 6 ta davlat Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan birgalikda ishtirok etildi.

Sayyor qabul davomida Oliy taʼlimga oid (oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqish uchun kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish va talabalar turar joylari bilan taʼminlab berish) masalalari bilan jami 21 ta murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti kasbiy taʼlim yoʻnalishi 3-kursida taxsil oluvchi Shoxida Xakimova, farmatsevtika yoʻnalishi 3-kurs talabasi Mohlaroy Akramova va pediatriya fakulteti 3-kurs talabasi Saidamirxon Noʻmonxoʻjayevning oʻqishi uchun yarim yillik kontrakti institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlab berildi. Bundan tashqari farmatsevtika yoʻnalishi 3-kurs talabasi Mohlaroy Akramova murojati boʻyicha talabalar turar joyi bilan taʼminlandi.

Sayyor qabul davomida norozichilik kayfiyatida qolgan murojaatchilar boʻlmadi. Yechimi topilgan murojaatlar holati boʻyicha Respublika televideniyasiga axborot berildi.