alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Murojaatnomani chuqur o‘rganamiz

14:55 29.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyvning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov ochdi va Prezidentimiz tomonidan 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlash borasidagi takliflarida juda katta maqsadlar, niyatlar mujassamligi, ulkan ishlar ilm-ma’rifat bilangina amalga oshirilishi xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi O‘.Arziqulov maxsus tayyorlangan slayd asosida Murojaatnomaning mazmun-mohiyati xususida ma’ruza qildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosarlari U.Karimov, N.Musayev, tarbiyachi pedagoglar R.Sultonov, X.Mahmudovlar ham Murojaatnoma yuzasida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar bilan mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyvning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlarni ishga, o‘qishga va tadbirkorlikka  jalb etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik berish, davlat grantlari ikki barabor ko‘paytirilishi, qizlar uchun alohida grantlar ajratilishi, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartirilishi borasida bildirilgan takliflar xususida savol-javbolar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomani yanada chuqur o‘rganish va unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish borasida fikrlar bildirdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!