alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mustaqil O‘zbekiston asoschisi

17:41 30.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan “Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida xotira tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Karimov ochib berar ekan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning serqirra faoliyati haqida fikr bildirib, bu olijanob insonning O‘zbekiston mustaqilligiga erishishida ko‘rsatgan jonbozligi, istiqlolni mustahkamlash yo‘lida, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimni yaratib, uning barqaror rivojini ta’minlashga qo‘shgan hissasi xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng “Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida videorolik namoyish etildi. O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan she’rlardan o‘qib berishdi.

Tadbirda litsey ijtimioiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri F.Qurbonov so‘zga chiqib Islom Karimov yetuk shaxs, siyosiy yetakchi sifatida jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarini mustahkamlash va rivojlantirishni bog‘langan tarzda ish olib borganligini ta’kidlab o‘tdi. Xotira tadbiri davomida IIB profilaktika inspektori B.Xodjayev so‘zga chiqib Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda qonun usutvorligini ta’minlash borasida olib borgan ishlar xususida to‘htalib o‘tdi.

Tadbir yakunida litsey direktor o‘rinbosari Sh.Aribjanov so‘zga chiqib  Birinchi Prezidentimiz o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganligi, jahon miqyosida katta hurmat, obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lganligi, ularning xotirasi o‘zbek xalqi qalbida mangu yashashini ta’kidlab o‘tdi.

O‘.Arziqulov

ADTI psixologi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!