(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLAR KO‘RIGI O‘TKAZILDI

16:31 12.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi videoselektor yig‘ilishining 88-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadidagi  “Sog‘liqni saqlash birlamchi tizimini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi” ning 1-yig‘ilish bayoni qarori ijrosi bo‘yicha 10-11-dekabr kunlari  Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Shaxrixon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.


Tibbiy ko‘rikda 12 turdagi mutaxassislar  – onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog ishtirok etishdi.


Malakali mutaxassislar tomonidan tumanning 684 nafar mutaxassislar ko‘ruviga extiyoji bo‘lgan bemorlari ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahatlar berildi.
Davolash (amaliyot) bo‘limi