«MyDentist» startap loyihasining ochilish marosimi.

image_pdfYuklab olish (pdf)

25-yanvar kuni ADTI IT markazida «MyDentist» startap loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilishda dastlab loyiha asoschisi stomatologiya fakulteti 4-kurs talabasi Salomov Azizbek dastur haqida taqdimot o‘tkazib berdi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Taqdimotdan so‘ng muxbirlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga intervyu tarzida javob olishdi.
Ochilish so‘ngida Yoshlar-kelajagimiz jamg‘armasi vakillari loyiha asoschisiga 50 mln so‘mlik vaucherni topshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, «MyDentist» loyihasi Andijonda o‘tkazilgan «Unicorns» startaplar akseleratorida qatnashib 50 mln so‘m grant sohibi bo‘lgan.

Ochilishni MY5 telekanali muxbirlari yoritib borishdi.

108