(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NАVBАTDАGI TIBBIY-KOʼRIK IZBOSKАNDА OʼTKАZILDI

19:10 13.04.2021

Oʼtkazilayotgan tibbiy-koʼriklar aholi salomatligini tiklabgina qolmay, tibbiy savodxonligini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Navbatdagi “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi salomatlik aksiyasi Izboskan tumanida boʼlib oʼtdi.

Unda rektorimiz M. Madazimovning mazkur tibbiy-koʼriklardagi tashabbuskorligi barchaning gʼayratiga kuch qoʼshmoqda. 22 nafar professor-oʼqituvchilardan iborat guruh tumandagi KTMP xududidagi tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan fuqarolar salomatligini tekshiruvdan oʼtkazdilar.

Chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrikda tuman aholisining 517 nafariga xizmat koʼrsatildi, ularning 84 nafari “Temir daftari”ga, 64 nafari “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni tashkil etdi. Bemorlarning 11 nafariga viloyat DPMlariga, 3 nafariga АDTI klinikasiga davolanish uchun yoʼllanmalar berildi. Shuningdek, 2 ta operativ davoga muxtoj boʼlgan bemorda jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi.