alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NАVBАTDАGI TIBBIY-KOʼRIK MАRHАMАT TUMАNIDА OʼTKАZILDI

20:00 05.05.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʼliqni saqlash tizimida olib boriliyotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6110-sonli Farmoni ijrosi boʼyicha aholini tibbiy-koʼrikdan oʼtkazish va sogʼlomlashtirishni keng koʼlamda olib borish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida tibbiy-koʼriklar tashkil etilmoqda. Navbatdagi manzil Marhamat tumani boʼldi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrikda Аndijon davlat tibbiyot institutning 17 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar professor-oʼqituvchilari ishtirok etdilar. Koʼrik tumanning koʼp tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil etildi. Unda tumanning 433 nafar aholisining salomatliklari tekshirildi. Mazkur fuqarolarning 24 nafari “Temir daftari”ga, 57 nafari “Аyollar daftari”ga va 23 nafari “Bolalar daftari”ga kiritilgan. Barcha koʼrikdan oʼtganlarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Tadbir davomida tuman aholisining 5 nafariga viloyat DPMlariga, 2 nafariga АDTI klinikasiga va 13 nafariga TTBga davolanish uchun yoʼllanmalar berildi.

Tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan 3 nafar fuqarolarga uylarida tibbiy-koʼrik tashkil etilib, kerakli tavsiyalar berildi. Tuman shifoxonasida 2 nafar operativ davoga muxtoj fuqaro jarrohlik amaliyotidan oʼtkazildi. Marhamat tumani aholisini sogʼlomlashtirish ishlari davom etmoqda.