(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NАVOIYXONLIK VА BOBURXONLIK TАDBIRLАRI DАVOM ETMOQDА

23:43 11.02.2021

Institutimizning har bir yoshlari Navoiyxonlik va Boburxonlik tadbirlarida oʼz isteʼdodlarini namoyish etmoqdalar.
Аna shunday adabiy-badiiy kecha Аndijon Davlat tibbiyot instituti klinikasida ham boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Аndijon shahar kengashi raisi Xurshida Oʼrinboyeva hamda viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi yoshlar masalalari boʼyicha masʼul Hayotbek Ibrohimovlar ishtirok etdilar.
Tadbirda klinikaning faol yoshlari buyuk allomalarimizning hayoti va ijodi, oʼlmas va nodir asarlarining badiiy teranligi toʼgʼrisida fikrlarini bildirdilar.
Bobolarimizning gʼazal va ruboiylarini ifodali yoddan oʼqidilar. Yoshlarning tayyorlagan badiiy chiqishlari barchaga manzur boʼldi. Qoʼshiqlarga koʼchgan gʼazallar raqslarga ulandi.