alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIGʻILISHI QABUL JARAYONLARIGA BAGʻISHLANDI

21:24 29.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Dastlab iyun oyida faoliyati va oʻqish davomida yuqori natijalarga erishgan bir qator kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar institut tomonidan munosib taqdirlandi. Ma’lumki, institutimizning bir qator mutaxassislari tomonidan Andijon shahridagi “Sahovat” keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun internat uyida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar o’tkazildi, Mazkur xayrli tadbirni tashkillashtirishda amaliy yordam bergan institut rektoriga hamda mutaxassislarga Internat uyi tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi.

Shundan soʻng kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi. Yigʻilish avvalida ayni kunlarda siyosiy jarayonga aylangan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga alohida ahamiyat qaratildi. Institut rektori mazkur jarayonda faol ishtirok etish, boʻlim va moddalarga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, maʼruzachilar tomonidan Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi muzeyidagi preparatlar va ularning yangilanishi, 2022-yildagi Yakuniy davlat attestatsiya natijalari, talabalarning yozgi amaliyotga tayyorgarlik jarayonlari, 2022-2023-oʻquv yili uchun abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish, Call-center faoliyati, mazkur qabul jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, viloyatimizda bolalar oʻlimi, onkologiya, gemotologiya xizmati va uni takomillashtirish rejalari mavzulari haqida maʼlumotlar va hisobotlar oʻqib eshittirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!