alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi

15:31 27.03.2019

2019- yil 27- mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori, professor M.Madazimov ochdi va kun tartibidagi masalalar  bilan tanishtirdi.

Yig‘ilishning  an’anaviy tantanali qismida  institut miqyosida erishilgan yutuqlar tilga olib o‘tildi. Unda biologik kimyo kafedrasi dotsenti To‘lqin Inaqovning olib borayotgan ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, ilmiy kengash tomonidan ustozga professor unvoni   tantanali topshirildi.

Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiyasi kafedrasi  assistenti Karimjon Yulchiev falsafa doktorligi ilmiy darajasiga erishganligi e’lon qilinib, kengash a’zolari nomidan qizg‘in muborakbod etildi.

Institut tarixida birinchi marta pediatriya fakulteti talabasi Xusnigul Muxtorjonova fan yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga erishganligi munosabati bilan unga  davlat mukofoti diplomi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek,  pediatriya fakulteti 2 –bosqich talabasi  Abdurauf Abdurashidov hamda davolash fakulteti talabasi Muhammadayyubxon Boboev  Olma-ota shahrida o‘tkazilgan  fan  olimpiadasida ishtirok etib, “Eng yaxshi ilmiy maqola” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli  1- va 2 –o‘rinlarni egalladilar  hamda dimlom bilan taqdirlandilar. Taqdirlangan professor-o‘qituvchilar va talabalarga   pul mukofotlari hamda guldastalar topshirildi.

Shundan so‘ng, ilmiy kengash yig‘ilishi kun tartibidagi  masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash a’zolari kelgusida yanada mas’uliyat bilan ish olib borishga kelishib oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!