alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Navoiy dahosiga ehtirom

16:41 08.02.2020

Har birimiz yetuk insonlar bo‘lib el-yurtimizga, Vatanimizga foyda keltiradigan insonlar bo‘lishimiz uchun ulug‘ ajdodlarimiz – Amir Temur, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganishimiz zarur. Chunki ularning hayoti nafaqat biz uchun, balki butun dunyo xalqlari uchun ibrat maktabidir.

Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul o‘qituvchi B.Yu.Razaqov rahbarligida  Davolash fakultetining 204- “A” guruh talabalari tayyorladilar.

Adabiy-badiiy tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov ochib berar ekan, ulug‘ ajdodlarimizga munosib farzandlar bo‘lib etishishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, talabalar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar tomonidan o‘qilgan Navoiy g‘azal va ruboiylari zavq bilan tinglandi.


Navoiyning “Xamsa” asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari esa olqishlar bilan kutib olindi. Jonli ijrodagi qo‘shiqlar davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Adabiy-badiiy tadbirda Shoxrux Usmonjonov, Javohir Jo‘rayev, Mirobbos Mirzaraimov, Shoxruh Muqaddamov, Nazokat Abdumutalova, Barchinoy Omonova, Asila Asqaraliyeva kabi talabalar faol ishtirok etishdi.


Tadbir yakunida kafedra mudiri  t.f.n., dotsent A.R.Mamataliyev, t.f.n., D.Q.Chartaqovlar so‘zga chiqib Navoiy dahosiga bir ehtirom ko‘rinishidagi tadbir tashkilotchi va ishtirokchilariga minnaddorchilik bildirishdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalar “Tashakkurnoma” bilan rag‘batlantirildi.

Eng asosiysi talabalar Navoiy hayotiga oid tadbirda bobolarimizning naqadar buyuk insonlar bo‘lganligini yana bir bor xis qildilar.

  Mavludaxon Mamatalieva

ADTI Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!