alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Navoiy ijodi tuganmas xazina

18:28 10.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti 2-o‘quv binosida she’riyat mulkinig sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodi tuganmas hazina” mavzusi ostida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Qo‘ziboyeva ochib berar ekan Alisher Navoiyning milliy adabiyot rivojiga, ma’naviyatimizning yuksalishiga qo‘shgan hissasi – adabiy merosi haqida so‘z yuritdi.


Institut talabalaridan iborat ijodiy guruh tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy tadbir avvalida Navoiyning go‘zal g‘azallari, hikmatga boy ruboiylaridan o‘qildi.


Alisher Navoiyning odamiylik, ezgulik, poklik, halollikni, yurtparvarlikni, tinchlikni tarannum etgan asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.


Ijro etilgan qo‘shiqlar, dilbar raqslar olqishlar bilan qarshi olindi.


Tadbir davomida so‘z olganlar yosh avlod Navoiyni o‘zi xohlab, sevib mutolaa qilishi uchun bugungidek o‘tkazilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.


“Navoiy ijodi tuganmas hazina” mavzusi ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy Navoiy ijodining serqirraligi, Navoiy asarlariga bo‘lgan xalqning talabi, xohishi oshayotganligini ko‘rsatdi.

Navoiy asarlari shunday bir tuganmas xazinaki, uni qancha o‘qigan sayin inson o‘zini qiziqtirgan, o‘ylantirgan savollariga javob topib boraverishi ayon bo‘ldi.

Gavharoy  Minavarova
ADTI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!