alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Navro‘z tilaklari

10:47 20.03.2020

Assalomu-alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz talabalar!
Shuni alohida aytgim keladiki, xalqimizning azaliy odatiga ko‘ra har kuni har bir yurtdoshimizga ezgu tilaklar bildirgingiz, savobli ishlar qilgingiz keladi.
Xalqimiz milliy yuksalish va milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha ezgu qadriyat va an’analarimiz qatori Navro‘z bayramining ham hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analari asosidadir.
Xalqimiz asrlar davomida katta shodu xurramlik bilan nishonlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida belgilangan Navro‘zi olam bu yil  “Navro‘zing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan.
Navro‘z kunlarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topadi, Navro‘z atrof-muhitni, uning ne’matlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadi.
Navro‘zning eng go‘zal qirralaridan biri xalqimizga xos bo‘lgan mehr-muruvvat, ahillik va hamjihatlik fazilatlari asosida nuroniy keksalarni har tomonlama e’zozlash, ko‘makka muhtoj insonlarga beg‘araz yordam berishdan iborat. Bu esa yosh avoldning ta’lim-tarbiyasida juda muhim o‘ringa ega.
Mening eng ezgu tilagim xonadonlaringiz tinch bo‘lsin, farzandlaringizning kamolini ko‘ring!
Azizlar, xalqimizning qadrli va aziz bayrami – Navro‘z barami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

M.M.Madazimov

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!