alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NAZM VA NAVO ” MUSIQIY-BADIIY KECHA O’TKAZILDI

16:43 21.06.2019

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining birinchisida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish ko‘zda tutilgan bo’lib, mazkur tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida  2019-yil 20-iyun kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti  talabalar turar  joyida yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo’limi bilan hamkorlikda  “Nazm va navo ” musiqiy-badiiy kecha o’tkazildi. Ushbu tadbirni  davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug’bek Karimov olib bordi.


Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo’limi mutaxassisi Vosid Ahmad , shoir va tadbirkor  Orifhoji Meliyev, shoir va yozuvchi Abdusalom  Isoqov, xushovoz xonandalar To’raxon Qodirov, Ergashboy Abduraximov hamda  Muhammadjon Yusupovlar o’zlarining ijod na’munalari bilan o’rtoqlashdilar.


Tadbir davomida davolash fakultetining  iqtidorli talabalaridan Hamidullo Tillaboyev ijrosida “Salom ona” va “Majnuntol” qo’shiqlari, Abrorbek Ma’rupov o’zi yozgan she’rlaridan na’munalar o’qidilar.


Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga shoirlar tomonidan badiiy adabiyotlar sovg’a qilindi. Tadbir so’ngida talabalar xushovoz xonandalarning sho’x qo’shiqlariga yayrab raqsga tushdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!