alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Nikoh va oilaning ahloqiy asosi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”

18:51 10.03.2020

Andijon davlat tibbiyot insituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Falsafa fanidan “Nikoh va oilaning ahloqiy asosi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida integral maruza o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan integral maruzada viloyat qaynonalar maktabi rahbari Zamiraxon Tillayeva, viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon shahar bo‘limi mutaxassisi Zamira Xolbekova, Andijon tumani imom-xatibi Salimjon xoji Mamatg‘ozievlar o‘z maruzalari bilan qatnashdilar. Integral maruzani ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ashurali Azimov olib bordi.

Ma’ruzachilar oila, nikoh, taloq – ajrim, oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar xususida to‘htalib o‘tdilar. Shuningdek odam ilohiy qudrat bilan yaralganligi, oila – nikohning muqaddasligi, er va xotinning bir-biri oldidagi majburiyatlari va huquqlari xususida so‘z yuritidilar, keyingi yillarda Andijon shahrida yosh oilalarning buzilib ketish hollari ko‘p uchrayotganligini achinish bilan ayib o‘tdilar.

Savol-javob tarzida o‘tgan suhbat davomida  mutaxassislar yigit va qiz turmushga tayyor bo‘lishi zarurligi, ayolning oila mustahkamlagini ta’minlashdagi o‘rni hususida hayotiy misollar asosida fikr bildirdilar. Integral maruza yoshlarning faol ishtirokda o‘tdi va har bir ishtirokchi o‘ziga zarur xulosaga  ega bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!