(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Niqob — bizning himoyachimiz!  

17:23 11.12.2020

—Koronavirus ilk tarqalgan vaqtida insoniyat u haqida hech qanday ma’lumotga ega emas edi. Bu kasallikni xavo-tomchi yo‘l bilan tarqalishi faqatgina taxminlarga asoslangan edi. Shu sababli ehtiyot chorasi sifatida tibbiy niqoblardan foydalanish tavsiya etildi. Tibbiy niqob taqib yurish rasman tavsiya etilgan davlatlar (Yaponya, Tailand, Janubiy Koreya kabilar)da koronavirus bilan zararlanish va o‘lim xolatlari boshqa davlatlarga nisbatan to‘rt marotaba kamroq kuzatildi.
Gonkong universiteti mikrobiologi Kvok-Yung Yuna tajribasiga ko‘ra, 2 ta yonma-yon panjaraga sog‘lom va koronavirus bilan zararlangan og‘maxonlarni (xamyak) joylashtirib, bir-biridan tibbiy niqob yordamida ajratib kuzatgan. Ikkinchi xolatda esa tibbiy niqob bilan ajratmagan xolatda kuzatgan. Olingan natijalarga ko‘ra, niqobsiz panjaralarda joylashtirilgan jonivorlarning uchdan ikki qismi (75 foizi)  koronavirus bilan zararlangan. Ikkinchi kuzatuv holatida jonivorlarning fakatgina 25 foizida kasallik qayd etilgan. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, tibbiy niqoblar koronavirusdan himoya kiladi.
Iyun oyida AQShda Missuri shtatidagi ikki sartarosh ayolning voqeasidan so‘ng tibbiy niqobga ishonch ortib ketdi. Bu ikki sartarosh mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida matoli tibbiy niqobdan foydalangan va 200 nafardan ortiq insonga xizmat ko‘rsatgan. COVID-19 ga tekshirish vaqtida esa, ularda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Ularning oila a’zolarida ham SOVID-19  kasalligi aniqlangan. Ammo xizmatdan foydalangan mijozlarning hech birida SOVID-19 va uning alomatlari kuzatilmagan. Bunday misollar tibbiy niqob foydasiz degan qarashni yo‘qqa chiqaradi.
E’zozbek Rizayev,
SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.