Normal fiziologiya kafedra mudiri,
tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent:
Xudoyarova Albina Gumarovna
Ish vaqti 8:oo -17:oo
+9893 789-48-32
e-mail:xalbina1960@rambler.ru
Andijon davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya kafedrasi tarixi va faoliyati
Normal fiziologiya kafedrasi 1956- yili tashkil qilingan. Uning dastlabki shtati: 28 yoshli biologiya fanlar nomzodi G.F.Korotko, dotsent R.P.Pulatov va ikkita assistentlar: ToshMIning ichki kasaeliklar propedevtikasi kafedrasidan o‘tkazilgan Sh.K.Botirov va shu institutni normal fiziologiya kafedrasidan o‘tkazilgan Yu.A.SHerbakovlardan iborat edi. 1957- yilda dotsent R.P.Pulatov patalogik fiziologiya kafedrasiga mudir bo’lib va Sh.K.Botirovni ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasiga assistent bo’lib o’tib ketishlari tufayli kafedrada o’qituvchilar yangilandilar. ToshMI dan assistent lavozimiga Z.X.Xalilov o’tkazildi. Andijon davlat pedagogika institutidan soatbay ma’ruza o’qish uchun dotsent A.X.Yusupov taklif qilindi va biologiya kafedrasidan assistentlik lavozimiga M.E.Islyamova o’tkazildi. Kafedra tashkil etilishining ilk yillaridan boshlab ilmiy ishlar yo’lga qo’yilgan. ToshMIda boshlangan «Yuqori haroratni hazm sistemasiga ta’siri» mavzusidagi ilmiy ish davom ettirildi. Ilmiy ishlarni yo’lga qo’yishda Moskva va Leningrad shahridan olimlar professorlar- G.K.Shligin, A.M.Ugolev va L.S.Fominalar yordam qildilar. 1958- yili Leningrad universitetini bitirgan. I.V.Tolstopyatova katta laborant lavozimiga keldi va shu yili ToshDU talabasi S.E.Zunnunova diplom ishini bajarish uchun keldi. 1959- yili kafedra dotsenti lavozimiga Voroshilovograddan YE.Ya.Dumin keldi va qisqa davr mobaynida ish olib bordi.