Normal fiziologiya kafedrasida Yangi yil intellektual tomoshasi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutning Normal fiziologiya kafedrasida dotsent I.B.Zulunova boshchiligida davolash fakultetining 202-A guruh talabalari  ishtrokida  “Miyacha neyrofiziologiyasini o’rganishda zamonaviy yondoshuv” mavzusida Yangi yil intellektual tomoshasi  bo’lib o’tdi.

Tomoshada davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamatov, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri R.R.Rahmonov, UASH nevrologiya kafedra mudiri, dotsent N.A.Nasritdinova , anatomiya va OJTA kafedrasi assistenti U.Ahmedov va barcha kafedra xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda talabalar miyachaning ontogenezi, anatomiyasi, gistologiyasi va fiziologiyasini bog’lagan holatda miyachaningt morfofunktsional xususiyatlarini ochib berishdii.

Shuningdek miyacha fiziologiyasini klinika bilan bog’lagan holatda miyacha ataksiya kasalligini etiopatoganezi, klinikasi haqida ma’lumot berdilar.

Miyacha kasalliklarini davolashda eng oxirgi texnologiyalar bilan davolash usullarini ko’rsatib berdilar.

Bayromona dars jarayoni barchaga manzur bo’di.

208