(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIGА SАDOQАT BILАN XIZMАT QILАMАN!”

15:21 28.03.2021

Bu qasamyod har bir oʼgʼlonning, oʼzbek farzandining ahdi, qasamyodi. Bugun Аndijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining harbiy kafedrasida tahsil olayotgan 5-bosqich kursantlari “Vatanga qasamyod” qabul qildilar. Unda 45 nafar kursantlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institutimiz rektori M. Madazimov kursantlarni bunday buyuk sharaf va masʼuliyat bilan muborakbod etdi. Ona yurtimizni koʼz qorachigʼidek asrab, sarhadlarda mardonavor xizmat koʼrsatishlarida muvafaqqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirda shahrimizdagi 45605-harbiy qism harbiy xizmatchilari, institutimizning oʼquv ishlari prorektori, professor B. Аbdullajonov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov, Yoshlar ittifoqi tashkiloti faollari ishtirok etdilar.

Tantanali marosimning avj nuqtasi. Yuraklarni mavjlatib, Vatan tuygʼusini jo etuvchi soʼzlar yangradi: «…Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli boʼlmish muqaddas bayroqni oʼpib…», «Oʼzbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq boʼlishga…», «…Quruqlikda, suvda, havoda – har qanday sharoitda ham oʼz burchimni vijdonan bajarishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!» Bizning harbiy kafedramiz talabalari ham harbiy tayyorgarlikning soʼngi bosqichida oʼzlarining ustoz murabbiylari va kursdosh oʼrtoqlari hamda ota – onalarining oldida Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sodiq boʼlishga ont ichdilar.

Shundan soʼng harbiy chiqishlar, saf tortib yurish sahnalari namoyish etildi. Ota-onalarning, talabalarning izhor soʼzlari yangradi.

Tadbir soʼnggida quvnoq kuy va qoʼshiqlar barchani davraga chorladi.