Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Odam savdosi-davr muammosi» mavzusida tadbir o‘tkazildi

16:43 15.02.2019

Bugun, 15- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Odam savdosi –davr muammosi” mavzusida  tadbir  bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni  institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori  A.Arziqulov ochib, odam savdosi  bugungi  kunning  dolzarb muammosi bo‘lib turganligini ta’kidladi.


So‘ngra, ADTI katta yuriskonsulti T.Abduvaliev  so‘z  olib, mamlakatimizda  odam savdosiga qarshi olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.


Talabalar tadbir davomida odam savdosi bilan bog‘liq  jinoyatlar va jirkanch hodisalar, mana shu  illat tufayli jabrlanganlarning achinarli  hayoti aks etgan vidеofilmni tomosha qildilar. Tadbir yakunida viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi N.Abdurasulov so‘zga chiqib,  butun dunyoda, jumladan viloyatimizda  “zamonaviy qullik” – odam savdosiga qarshi olib borilayotgan kurash, chora-tadbirlar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, talaba-yoshlarni loqaydlik, beparvolikka   chek qo‘yib, doimo ogoh va xushyor bo‘lishlikka  chaqirdi.

Dolzarb mavzudagi tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.
 
 

Skip to content Click to listen highlighted text!