alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OILАDА OTА-ONАLАRNING FUNKSIYALАRI” MАVZUSIDА PSIXOLOGIK TRENING OʼTKАZILDI

14:57 12.06.2021

“OILАDА OTА-ONАLАRNING FUNKSIYALАRI” MАVZUSIDА PSIXOLOGIK TRENING OʼTKАZILDI

Oila – butun olam mikrokoinoti. Uni tushunish uchun oilani oʼrganish yetarli. Oilada mavjud boʼlgan farzandlar tarbiyasi, hokimiyat, sirdoshlik, mustaqillik, ishonch, muloqot koʼnikmalari – hayotdagi koʼpgina hodisalar kaliti. Аgar biz dunyoni oʼzgartirmoqchi boʼlsak, oilani oʼzgartirishimiz zarur”, – ushbu fikrlar taniqli psixolog Virdjiniya Satir tomonidan aytilgan.

Аndijon shahar Vunderkind nomli maktabgacha taʼlim tashkilotida muassasa tarbiyalanuvchilarining oila aʼzolari ishtirokida “Oilada ota-onalarning funksiyalari” mavzusida psixologik trening oʼtkazildi.

Tadbir davomida institut psixologi hamda xotin-qizlar maslahat kengashi, maʼnaviyat-maʼrifat bo’limi xodimlari tomonidan suhbatlar qurilib, ular tomonidan tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

Noanʼanaviy tarzda tashkil etilgan mazkur trening tarbiyalanuvchilarning oilalarida sogʼlom psixologik muhitni barqarorlashtirish va mavjud muammolarini bartaraf etish, kelgusida ushbu yoʼnalishda bosqichma-bosqich ijobiy natijalarga erishilishida mustahkam zamin yaratadi.