alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oila –muqaddas dargoh

10:02 04.05.2019

2019- yil 3- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov, institut psixologi O‘.Arziqulov hamda talabalar ishtirokida  “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir avvalida “Oila-muqaddas dargoh” nomli videofilm namoyish etildi.

Shundan so‘ng, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov  so‘zga chiqib, yoshlar tarbiyasi, oiladagi o‘zaro munosabatlar, muomala va kiyinish madaniyati, qizlar tarbiyasi, oilada erkak kishining o‘rni, insoniy fazilatlar, jumladan, sabrli bo‘lish, shukr qilish borasidagi fikrlarini  bildirdi.

So‘ngra, institut psixologi O‘.Arziqulov “Oila qurishga tayyormisiz?” mavzusida psixologik trening o‘tkazdi.Uning qiziqarli statistik  ma’lumotlarga boy ma’ruzasi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvdan talabalar katta taassurot va ma’naviy ozuqa oldilar.
 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!