alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Oila muqaddas, uni avaylang, asrang!” mavzusida tadbir o‘tkazildi

16:07 19.02.2019

Bugun, 19- fevral kuni ADTI klinikasining ma’ruzalar zalida  institut faxriylar  kengashi, yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat –ma’rifat bo‘limi  hamda Ichki kasalliklar propedevtikasi  kafedrasi  professori Odiljon Salohiddinov  tashabbusi bilan pediatriya fakultetining  4-kurs talabalari ishtirokida  “Oila muqaddas, uni avaylang,asrang!” mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda professor Z. Salohiddinov, IKP kafedrasi dotsenti R. Yuldashev, gospital terapiya va endokrinologiya, IKP kafedrasi professor –o‘qituvchilari, talabalar qatnashdilar. Tadbirni  professor  O.Salohiddinov ochdi  va oila, oilaning shakllanishi to‘g‘risida  o‘zining fikrlarini  bildirdi.


Shundan so‘ng, pediatriya fakultetining  talabalari  “Oila-muqaddas dargoh”, “Ayol uchun kelajak, oila, orzu nima?”, “Ota –oila ustuni”, “Oila boshqaruvi  ayolga o‘tsa ..”, “Oilada hukmron bo‘lgan ayol  qismati”, “Oilada ajrimlarning sabablari”, “Hayoni, iboni e’zozlang, qizlar!,”Siz baribir muqaddassiz, muqaddas ayol!   kabi   qiziqarli va dolzarb mavzularda  ma’ruza  qildilar.

Ma’ruzalar   davomida   oila tushunchasi, ota-onaning naqadar ulug‘ligi, onalik baxti, oilada otaning  o‘rni, oiladagi turli vaziyatlar, mojarolar, yaxshi-yomon holatlar, ona mehri, farzand tarbiyasi, oilada muomala madaniyati kabi  bir qator masalalar  to‘g‘risida gapirdilar. Talabalar o‘z ma’ruzalarida  hikmatli so‘zlar, rivoyatlar, she’rlar va ibratli  hikoyalardan keng foydalanganliklari bois, ma’ruzalar mazmunli va barchaga birdek qiziqarli bo‘ldi.

Tadbir so’ngida  gospital terapiya va endokrinologiya  kafedrasi ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’uli   H.Chartaqova  ham so‘zga chiqib   oila, oilada qizlar tarbiyasi xususida gapirdi.


 
Tadbir yakunida  faol ishtirokchilar kitoblar  bilan taqdirlandilar.


 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!