alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oila va yoshlar

16:00 20.11.2019

Oila muqaddas dargoh. Inson o‘z oilasida baxityor bo‘lgandagina jamiyatda ham baxtini, o‘z o‘rnini topadi. Shuning uchun ham xalqimiz, hukumatimiz oila mustahkamligiga, farovonligiga hamisha e’tibor bilan qaraydi. Andijon davlat tibbiyot insituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Nikoh va oilaning ahloqiy asosi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot makazi Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i Habibaxon Jo‘rabekova, Andijon viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, Andijon shahridagi “Eski Gumbaz” jome’ masjidi imom-hatibi Bahodirjon Ro‘zievlar ishtirok etishdi. Suhbatni ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ashurali Azimov olib bordi.

Tadbirda so‘z olgan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i H.Jo‘rabekova oila, nikoh, taloq – ajrim, oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar xususida to‘htalib o‘tdi. Keyingi yillarda Andijon shahrida yosh oilalarning buzilib ketish hollari ko‘p uchrayotganligi achinish bilan ayib o‘tdi.

“Eski Gumbaz” jome’ masjidi imom-hatibi B.Ro‘ziev odam ilohiy qudrat bilan yaralganligi, oila – nikohning muqaddasligi, er va xotinning bir-biri oldidagi majburiyatlari va huquqlari xususida so‘z yuritidi.

Savol-javob tarzida o‘tgan suhbat davomida  viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova oila qurayotgan yigit va qiz turmushga tayyor bo‘lishi zarurligi, ayolning oila mustahkamlagini ta’minlashdagi o‘rni hususida hayotiy misollar asosida fikr bildirdi. Davolash fakulteti talabalari ishtirok etgan davra suhbati yoshlarning faol ishtirokda o‘tdi va har bir ishtirokchi o‘ziga zarur xulosaga  ega bo‘ldi.

Odiljon Karimov,
ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!