alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OILADA SOG‘LOM MUHIT – BOLA SALOMATLIGINING GAROVI” MAVZUSIDAGI SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

13:56 03.06.2021

“OILADA SOG‘LOM MUHIT – BOLA SALOMATLIGINING GAROVI” MAVZUSIDAGI SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Agar biror yosh muvafaqqiyatga erishsa, avvalo ota-onangga raxmat, deya iftixor qilamiz. Axir yutuqqa erishgan ota-ona emas, farzandku? Har qanday g‘alaba ortida kattalarning tarbiya va ta’limining xizmati katta. Shundanmi, o‘zbek xalqi bola tarbiyasini go‘dakligidan boshlaydi. Farzandining ko‘ngliga va orzulariga yondashib, tarbiya bera olgan ota-ona adashmaydi.

Shu boisdan Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida “Oilada sog‘lom muhit bola salomatligining garovi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Abduhalimov, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi G. Xolmatova ishtirok etdi. Seminar trening esa  Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi pediatr-psixologi, tibbiyot fanlari doktori Muxtabar Haydarova olib bordi.

Suhbat davomida farzand tarbiyasi, har bir bolaga individual yondashuv, bolaning orzu-istaklari bilan o‘rtoqlashish, balog‘at yoshidagi o‘zgarishlar, er-xotin munosabatlarining farzand tarbiyasiga ta’siri kabi bir qator muhim mavzularda so‘z bordi. Mutaxassis tomonidan amaliy jarayonlar o‘tkazib berildi.

Tadbir savol-javob va fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi. Pediatr-psixolog tomonidan fakultetlar va yo‘nalishlar, kafedra xodimlariga kitoblar taqdim etildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!