OILAGA SHARQONA SADOQAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OILAGA SHARQONA SADOQAT

14:58 15.05.2025

Bugun, 15-may – Xalqaro oila kuni. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1993-yilda joriy etilgan bo‘lib, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va avlodlar o‘rtasida mustahkam ma’naviy bog‘liqlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Oila – inson hayotining tayanchi, tarbiya maktabi, mehr-muhabbat manbai, komil jamiyat poydevoridir. Har bir barkamol avlod kamoloti, millat va xalq salohiyatining yuksalishi avvalo sog‘lom, ahil va ma’naviyatli oilaga bog‘liqdir. Ayniqsa, yurtimizda oila qadriyatlari, oilaviy munosabatlar, undagi yoshi ulug‘lar alohida e’zozlanadi.

Mazkur sana munosabati bilan bugun Andijon davlat tibbiyot institutida  Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Oilaga sharqona sadoqat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

  • Oila – biz insonlar uchun boshqa hech bir yerda topilmas ulug‘ dargoh. Undagi a’zolar esa bizga eng yaqin, qadrli insonlardir. Biz ular bilan birga yashaymiz, qayg‘uyimiz, quvonchimizni bo‘lishamiz. Bu aziz maskanni asrab-avaylash esa har birimizning muhim vazifamizdir – dedi, G.Xolmatova.

Davra suhbatiga institutda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ustoz, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Xakimov Nasrullo Sobirovich, tibbiyot fanlari nomzodi Xakimova Ro’zixon Abdurahimovna hamda ularning farzandi Neyroxirurgiya, travmatologiya kafedrasi assistenti Maqsadbek Xakimov taklif qilingan bo‘lib, ular bilan mazmunli suhbat o‘tkazildi.

48 yillik tarixga ega Xakimovlar oilasi vakillari shu davr mobaynida o‘tgan turmushi, bosib o‘tgan yo‘llari, qiyinchilik va yutuqlarini talaba-qizlar bilan bo‘lishdi. Suhbatda ilmni ham oilani ham birdek olib ketishda, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim maslahatlar berildi. Talaba-qizlar va xodimalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Yakunda maroqli suhbat uchun qariyb yarim asrlik oila vakillariga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sog‘alari topshirildi.

Skip to content