alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“OILAVIY SHIFOKOR” KITOBI TAQDIMOTI

20:17 17.06.2022

Oilaviy shifokor kim aslida? Aholi oʻrtasida kasallikni erta aniqlash, ularni roʻyxatga olish, aholiga birinchi tibbiy xizmat koʻrsatish va bir qator vazifalarni amalga oshiradi. 2-akusherlik ginekologiya kafedrasining 2-kurs magistranti Kamola Rahimova oʻzining “Oilaviy shifokor” kitobida mazkur mavzularni batafsil yoritib bergan.

“Yoshlar oyligi” doirasida oʻtkazilgan kitob taqdimotini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ochib berdi va ilmga chanqoq, izlanuvchan yoshlarimiz sohani mukammal oʻrganish bilan bir qatorda mana shunday kitoblar, oʻquv qoʻllanmalarni ham tayyorlayotganliklari, mazkur kitob bakalavriyat bosqichini bitirgan talabalar uchun qoʻl kelishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Muallif ham tengdoshlariga oilaviy shifokorning vazifasi, aholi bilan ishlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi borasidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, kitobdagi farmakologiya, laboratoriya, tibbiy xujjatlarni yuritish kabi boʻlimlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Tadbir yakunida muallifning ustozlari, tengdoshlari ham kitob haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!