alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oilaviy tibbiyot taraqqiyoti yo‘lida

09:09 24.09.2019

Andijon davlat tibbiyot institutiga Isroil davlati Rexovot shahrining Makaba shifoxonasidan oilaviy tibbiyot bo‘yicha mutaxassis doktor Vyacheslav Shalamonovich Malaximov tashrif buyurdi. Xorijlik mutaxassis institutning anesteziologiya-renomatsiya, fakultati terapiya, gospital terapiya, 1-, 2-umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedralari tashabbusi bilan taklif etildi.

Xorijlik mehmon xalqaro bo‘limda institut jamoasi bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Institutning masofaviy ta’lim tizimi, turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rnatilgan xalqaro aloqalarni qiziqish bilan o‘rgandi va o‘z takliflarini bildirdi.


So‘ngra 12 yo‘nalish bo‘yicha to‘la jihozlangan Simuliyatsion o‘quv markazida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan o‘zaro fikr almashdi. Axborot texonlogiyalari zali markazi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar natijasida oilaviy tibbiyot rivojlanib bormoqda. Mazkur tizim bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida taklif etilgan doktor V.Sh.Malaximov ADTIning Kengashlar zalida institut professor-o‘qituvchilari va 4-, 6-kurs talabalar uchun “Isroilda oilaviy taibbiyotni tashkillashtirish” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. xorijlik mutaxassisning ma’ruzasi ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi va dars davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.


Oilaviy tibbiyot bo‘yicha isroillik mutaxassis doktor V.Sh.Malaximov tashrifi davom etmoqda. Tashrif davomida viloyatda oilaviy tibbiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, soha mutaxassislari va talabalar uchun “Oilaviy tibbiyot tizimidagi islohotlar, kamchiliklar va ularning bartaraf etish yo‘llari” mavzusida ma’ruzalar o‘qishi rejalashtirilgan.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!