alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OITS ga qarshi kurashamiz

18:06 29.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-son Qonuni ijrosi va  1-dekabr “Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.  Tadbirni institut davolash ishlari prorektori B.Mirzakarimov institutda olib borilayotgan davolash profilaktik faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritib anjuman kun tartibi bilan tanishtirib ochib berdi.



Ilmiy-amaliy anjumanda viloyat OITSga qarshi kurash markazi vrach epidemiologi K.Mamatov ishtirok etib “OITS kasalligi va OIV infeksiyasi global muammo” mavzusida ma’ruza qilib, ushbu kasallik bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.


Kun tartibidagi “Vaksina profilaktika sog‘liqni saqlash tizimidagi innovatsiyalar” mavzusi bo‘yicha VMO va QT fakulteti UASHlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi mudiri G.Nazarova va kafedra assistentlari I.D.Ziyaeva hamda M.B.Boyqo‘zievalar vaksina profilaktika, qizlarda odam papillomasi virusiga qarshi emlash yangiliklari, immunizatsiya tizimidagi jamoalar hamkorligi va vaksina profilaktikasiga ko‘rsatmalar to‘g‘risida qatnashchilarga ma’ruzalar o‘qib berishdi.

Tadbirda VMO va QT fakulteti dekani X.X.Tursunov yurtimizda tibbiyotda olib borilayotgan islohatlar to‘g‘risida qatnashchilarga nutq so‘zladi. Anjuman savol-javob va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!