alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OITSGA QARSHI KURASH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

17:51 01.12.2021

OITSGA QARSHI KURASH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat OITSga qarshi kurash markazi epidemolog vrachi G‘.Polvonboyev, institutning Yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti Yo.Bo‘taboyev, M.Yunusov, kafedraning katta o‘qituvchisi M.Po‘latov ishtirok etdi.

Tadbir davomida OIV va OITS kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, asoratlari borasida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, Yuqumli kasalliklar kafedrasi xodimlari tomonidan OIV va OITSning dolzarbligi, yuqish yo‘llari, klinik belgilari, davolanish chora-tadbirlari borasida ham ko‘rgazmali, amaliy mashg‘ulotlar asosida tushuntirib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!