alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi ADTIda

16:17 21.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov yosh olimlari bilan uchrashish  maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Oliy Attestatsiya komissiyasi raisini institut rektori Madaminjon Madazimov, Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev, ADTI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘ulomiddin Xodjimatov va boshqalar samimiy kutib oldilar.

A.Yusupov bilan ADTI tayanch doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlari va ularning ilmiy rahbarlarning uchrashuvi anatomiya kafedrasida o‘tkazildi. Uchrashuvni institut rektori qisqacha kirish so‘zi bilan ochar ekan, Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupovning tashrifidan ko‘zlangan maqsad, institut olimlari va yosh tadqiqotchilar tamonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida to‘htalib o‘tdi.

Shundan so‘ng A.T.Yusupov so‘zga chiqib Respublikamiz Prezidenti tomonidan ilm-fan, ilmiy izlanishlarga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritdi. Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati, tarkibi, ilmiy ishlarga qo‘yilayotgan talablar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Samimiy uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Oliy attestatsiya komissiyasi raisiga murojaat qildilar. Jumladan, ular ilmiy ishlarni topshirish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari, ilmiy unvonlar berish, ilmiy maqolalarning e’lon qilish tartibidagi yangiliklar, ilmiy opponentlar tarkibi yuzasidan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov bilan ADTI yosh olimlari va ilmiy rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv ikki tomon uchun ham samarali bo‘ldi va ishonamizki, mazkur uchrashuv institutning ilmiy ishlari rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!