alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIY MAQSADIMIZ – EL SOG‘LIGI

16:23 13.12.2019

   Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish maqsadida “Adolat” sotsial demokratik partiyasining tashabbusi bilan Andijon tumanining “Intilish” MFY M.Qalandarov ko‘chasida joylashgan tibbiyot maskanida Andijon davlat tibbiyot instituti etakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 15 ta mutahassisliklardan iborat 28 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 647 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 265 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.

Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 24 nafar aholiga viloyat DPMlariga 11 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Ushbu tadbirda 89 ta UTT, 94 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!