alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oliy ta’lim muassasalari vakillari Qo‘rg‘ontepa tumani maktablarida

18:12 02.12.2020

Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni yanada jonlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘qituvchi-ustozlar nufuzini oshirish, joylarda sifatli ta’lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va har bir hududda ixtisoslashgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish borasida ibratli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov institutga biriktirilgan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida  B.Abdullajonov maktabda o‘quvchilariga yaratilgan shart-sharoitlar, darsliklar bilan ta’minlanish darajasi, davomat, qishga tayyorgarlik masalalari bilan yaqindan tanishdi. Maktab jamoasi bilan Andijon davlat tibbiyot instituti va maktab o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan fikrlashdi.

Qo‘rg‘ontepa tumandagi 50-umumta’lim maktabida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotda bo‘ldilar.

Samimiy suhbatda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov va Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti vakillari, jumladan Andijon qishloq xo‘jaligi instituti o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori, nigeriyalik Ibitoy Olalekan oliy o‘quv yurtlaridagi shart-sharoitlar, joriy yil oliy ta’lim muassasalariga bo‘lib o‘tgan qabul jarayonlari, abiturientlarga berilgan imtiyozlar, viloyatimiz talaba-yoshlari erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirdilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblar olishdi.

Oliy ta’lim muassasalari vakillarining    Qo‘rg‘ontepa tumani maktablariga tashrifi ta’lim sifatini oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lishga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!