alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARIGA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!!!

08:27 29.09.2020

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha DTM tomonidan o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar
quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ariza (ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va ta’lim shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza, (ariza shakli institut qabul komissiyasi tomonidan taqdim etiladi));
  2. Fuqarolik pasporti (16 yoshga to’lmaganlar uchun tug’ilgan haqida guvohnomasi yoki 9-shakldagi hujjat) asli va nusxasi;
  3. Umumiy o’rta ta’lim maktabini (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat (attestat) yoki o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasini tugatganligi haqidagi hujjatlari va ularning ilovasini asl nusxalari;
  4. 3,5×4,5 cm o’lchamdagi 8 dona fotosurat;
  5. Qonuniy hujjatlarga muvofiq imtiyozga ega bo’lgan abituriyentlar o’qishga kirishda imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni (nogironligi bor shaxs, harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasi, chet tili sertifikati va boshqalar) asl nusxasi;
  6. Davlat test markazi tomonidan tashkil etilgan abituriyent ruxsatnomasi va abituriyentning javoblar varaqasi;
  1. Sog’ligi to’g’risidagi ma’lumotnoma – 086 forma;
  1. Teztikar (skoroshivatel-delo) va 2 dona konvert (B3 formatdagi).

 Izoh:

  • Abiturent tomonidan pasport (16 yoshga to’lmaganlar tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki 9-shakldagi hujjat) qabul komissiyasiga shaxsan ko’rsatiladi;
  • Abiturent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturent kirish imtihonlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi;
  • Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

ADTI qabul komissiyasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!