(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLTINKO‘L TUMANIDAGI 45-OILAVIY POLIKLINIKADA TIBBIY-KO‘RIK O‘TKAZILMOQDA

07:25 12.03.2021

Shifokorning asosiy vazifasi inson salomatligini mustahkamlashdan iborat. Institutimizning bir qator professor-o‘qituvchilari, ya’ni shifokorlar tomonidan Oltinko‘l tumanidagi 45-oilaviy poliklinikasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Tibbiy ko‘rik asosan “Temir daftari”ga kiritilgan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlami uchun mo‘ljallangan.

Ko‘rik davomida teropeft, onkolog, hirurg, lor, akusher-ginekolog, pediatr, oftalmolog, gematolog kabi bir qator tibbiyot soha vakillari aholini birma-bir ro‘yhatdan o‘tkazib, kasallik bo‘yicha maslahat bermoqdalar. Saytimiz orqali bu mavzuda kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lib borasiz.