Oltinko’llik o’quvchilar tibbiyot institutda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yoshlarimizda ilm-hunar o‘rganishga, oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

Oltinko’l tumanidagi 47-umumta’lim maktabining 30 dan ziyod o’quvchilari biologiya fani o‘qituvchisi Ahrorbek Jo’raev rahbarligida joriy yil 25 oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. O‘quvchilarni institut prorektori P.X.Asxanov, davolash fakulteti dekan o’rinbosari Ulug’bek Karimov va bir guruh professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. Institut jamaosi o‘quvchilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

Oltinko’llik o‘quvchilar institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, institutning o‘quv markazlari, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar. Andijon davlat tibbiyot institutiga qilgan sayohati yakunida  o’quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

 

ADTI axborot xizmati

 

 

 

 

216