alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz hamisha e’zozda

16:14 07.03.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz hamisha e’zozda” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Bayram tadbirini institut  psixologi O‘.Arziqulov ochib berdi va barchani Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi.
Adabiy-badiiy tadbir kafedra ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul o‘qituvchi B.Yu.Razaqov rahbarligida  davolash fakultetining 204-“A” gurux talabalari  tomonidan tayyorlangan bo‘lib, uni boshlovchilar Lazizbek Rustambekov, Asila Asqaralievalar olib borishdi.

Dastavval talabalardan  Shohruzbek Usmonjonov, Kozimjon Mahmudov, Barchinoy Omonova, Komoliddin Komilov, Said’alo Shokirovlar ayollarimiz va onajonlarimizni madh etuvchi  she’rlardan o‘qishdi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan  onaning farzandlariga bo‘lgan yuksak mehrini ochib bergan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarning ko‘zlariga yosh keltirdi. Shohrux Muqaddamov ijrosidagi qo‘shiq barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tadbir yakunida ADTI psixologi O‘.Arziqulov, kafedra mudiri t.f.n.,dotsent A.R.Mamataliev va kafedra o‘qituvchisi t.f.n.D.Q.Chartaqovlar bayram tadbiri uchun talabalarga minnaddorchilik bildirib, “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirladilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz hamisha e’zozda ekanligi alohida e’tirof etildi.

M.A.Mamataliyeva

ADTI Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!