alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida "1 dekabr – Butunjaxon OITS ga karshi kurash kuni" munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

14:21 02.12.2020

Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi manaviyat va marifat ishlari buyicha masuli D.A.O‘rmanbayeva tashabbusi bilan «1- dekabr – Butunjaxon OITS ga karshi kurash kuni» munosabati bilan seminar trening o‘tkazildi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, onkologiya kursi rezidentlari, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy  amaliy tibbiyot markazi shifokorlari, hamshiralar va kichik tibbiy xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda onkologik markaz direktori G.J.Xakimova so‘zga chiqib, har bir tibbiyot xodimi OITS kasalligi haqida to‘liq malumotga ega bo‘lgan holda ishlashi lozimligini aytib o‘tdi va tibbiy  xushyorlikka chorladi.
Seminarda OITSga oid malumotlar, kasallikka oid so‘nggi yangiliklar, shuningdek, ushbu kasallik bilan kasallangan bemorlarga to‘g‘ri  yondoshish borasida trening, amaliy ko‘nikmalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga OITS  bo‘yicha o‘tkazilgan treningning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini o‘rganish va taxlil qilish maqsadida test savollariga javoblar olindi.
Barcha ishtirokchilar kasallikka qarshi kurashishga oid  tarqatma materiallar bilan taminlandi.

Tadbir so‘nggida  xotin-kizlar kengashining davolash fakulteti bo‘yicha rais o‘rinbosari D.A.O‘rmanbayeva tibbiy faoliyat olib borayotgan  xotin-qizlarning  sog‘lom va baxtli oila qurishdagi o‘rni haqida ma’ruza qildi.
«Sog‘lom va zehnli ayol – sog‘lom oila kalitidir» shiori ostida o‘tkazilgan suhbat davomida  Dilbarxon xayotning oila deb atalmish debochasida turgan qizlar va bo‘lajak onalar  uchun o‘zining foydali maslahatlarini berib  tadbirga alohida uyg‘unlik baxsh etdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!