Onlayn ma’ruza bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 28- mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti “Odam anatomiyasi” kafedrasi professori, davolash fakulteti dekani Ragimov Razin Mirzekerimovich bilan ADTI “Anatomiya, OJTA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlar va 1-kurs talabalari ishtirokida onlayn videoma’ruza tashkil etildi.

Videoma’ruzada professor R. Ragimov “Nafas sistemasi anatomiyasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. U o‘z ma’ruzasida nafas olish sistemasini ilmiy jihatdan o‘rganish, nafas sistemasida uchraydigan kasalliklar va ularni olidini olish haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Onlayn videoma’ruzada ADTI “Anatomiya, OXTA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishib, dog‘istonlik mutaxassis bilan savol-javob olib bordilar. Ishtirokchilar o‘tkazilgan videoma’ruzada  kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishib, mavzuga doir so‘nggi ma’lumotlardan boxabar bo‘lishdi.

652