alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ONLAYN VIDEOKONFERENSIYA O‘TKAZILDI

13:34 25.05.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda onlayn videokonferensiya 2020-yil 25-may kuni o‘tkazildi.

Videokonferensiyani VMO va QT fakulteti dekani X.X.Tursunov boshqarib bordi, X.X.Tursunov Onlayn videokonferensiyani ochib berar ekan, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha koronavirus bilan kasallangan bemorlar va ular orasidan davolangan xomilador ayollar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.


Videokonferensiyada Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri O.G.YAkubova “COVID-19 bilan kasallangan xomilador, tug‘ruq davridagi va tuqqan ayollarni olib borish xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.


Ma’ruzachi COVID-19 bilan kasallangan xomilador ayollarda kasallikni kechishi, davolash davomida e’tibor qaratish zarur masalalar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.


Onlayn videokonferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dusturlari – ZOOM platformasi orqali ADTI davolash (amaliyot) ishlari prorektori v.v.b. B.X.Mirzakarimov va Respublikaning turli hududlaridan COVID-19ga qarshi kurash olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Onlayn videokonferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!