alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oq oltin MFY aholisi Yosh volontyorlarimiz faoliyatidan mamnun bo’ldilar

01:08 10.07.2021

Sogʼlom turmush tarziga va gigiyena qoidalariga amal qilish bu hayotimizdagi muhim vazifadir. Sababi har bir ish faoliyatini to’g’ri olib borish ham albatta sog’liq yaxshi bo’lsagina bajariladi.

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti Yosh volontyorlar jamoasi Izboskan tumanida doimiy targ’ibot ishlarini davom ettirdilar.

Izboskan tumanidagi tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikdagi olib borilgan sog’lom turmush tarzi haqidagi tashviqot ishlari endilikda Daminboychek MFY, Oq oltin MFYlarning Shifokorlar, Yuqori hosil va Paxtakor ko’chalarida o’tkazildi.

Aholi yosh volontyorlarni juda ham samimiy tarzda kutib oldilar, hamda ularning sog’lom ovqatlanish ratsioni, salomatlik uchun 5000 qadam va asosiysi koronavirus infeksiyasidan himoyalanish to’grisidagi flayer va bukletlari ularni juda mamnun etdi.

Yosh volontyorlarimiz Andijon viloyatining barcha shaxar tumanlarida targ’ibot ishlarini davom ettirmoqdalar. Keyingi manzil Xonobod shaxri!

ADTI matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!