alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OQ XALATLI XALOSKORLAR, ULAR CHINMA’NODA ”BUGUNNING QAXRAMONLARI”

10:02 28.04.2020

Bugun butun dunyo ahlini tashvishga solayotgan tojdor dushmanga qarshi barcha bir kuch bo‘lib kurashishi zarur. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko‘rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilsa, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz.

-Virusni oilaga faqat ko‘chadan olib kirish mumkin,-deydi Andijon tumanidagi Kuyganyor qishloq vrachlik punkti mudiri Islombek Ochilov. -SHu sabab dastlabki kundan aholinisog‘lomlashtirishbilan birga tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratyapmiz. Hududdagi 4355 ta oilalarda yashovchi 14867 nafar fuqaroning har biri e’tiborda. Uyda qoling, degan ko‘rsatmani boshqacha qabul qilganlar ham bo‘ldi. Hozir hammasi iziga tushgan. Barcha birdeksalomatligi birinchi navbatda o‘ziga bog‘liq ekanligini his etmoqda.

Baxt, Sanoat, Oyjamol va Daryobo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholining salomatligi mazkur QVP shifokorlari zimmasida. 36 nafar xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan va 48 nafar davolash profilaktika muassasalarida davolanib muloqotda bo‘lganlar alohida nazoratga olindi. Ular bilan uyda karantin qoidalariga amal qilgan holda sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.
Kasalni davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshi, degan gap bor. Bugun bu amalda o‘z ifodasini topmoqda. QVPdagi muloqotlar bilan cheklanmay patronaj hamshiralar xonadonma xonadon kasallikdan saqlanish, sog‘lom hayot asoslari va tibbiy madaniyat xaqida suhbatlar olib bormoqda. Agarkimnidir sog‘ligida o‘zgarish kuzatilsa, to‘la sog‘lom hayotga qaytgunga qadar ana shu oila bilan birga bo‘ladilar. Bu borada Nargiza Mirzayeva, Matluba Ismoilova va Dilfuza Qosimxo‘jayevalardan fuqarolar xursand.

-Shunday og‘ir damda o‘z xalovatidan kechib, xalq xizmatida bo‘layotgan shifokorlarga raxmat ,-deydi Irrigator dahasi, 26-uyda yashovchi mehnat faxriysi Odinaxon Otaboyeva,- Biz ular bilan birga bo‘lish orqali kasallikka yo‘l bermaymiz. Bu kunlar ham ortda qoladi. Asosiysi, kelajakka umid bilan yashaylik.
Ha, oq xalatli xaloskorlar zimmasidagi mas’uliyat yanada ortdi. Ularni chinma’noda “bugunning qaxramonlari”, deya nomlasak sira mubolag‘a bo‘lmaydi.

Akbarjon NAZAROV,

Rustamjon ESHONOV.

AUZ.uz saytidan olindi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!