alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

17:13 18.02.2019

2019- yil 18- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida barcha kafedralarning o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.Shuningdek, kafedralardagi o‘quv-uslubiy ishlar, ma’naviy ma’rifiy ishlar, jumladan, professor –o‘qituvchilarning darslarga tayyorgarligi, xalqaro aloqalar bo‘yicha, dissertatsiyalar himoyasi, yozgi amaliyot, ilmiy loyihalarda ishtiroki, sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarda qatnashishi, davolash ishlari ya’ni tibbiy ko‘riklardagi ishtiroki xususida gapirdi. Kafedralarning o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularga kerakli tavsiya va maslahatlarni berdi.

Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov so‘z olib, kafedra o‘quv xonalarini jihozlash, bu yerdagi tartib va tozalik, professor-o‘qituvchilar va talabalarning yurish-turishi, kiyinishi, o‘quv-uslubiy hujjatlarning yuritilishi,shuningdek, elektron, simulyatsion, telemeditsina va masofaviy ta’lim to‘g‘risida gapirdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov o‘z so‘zida kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Innoveek. Uz ” yarmarkasi, “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi yosh olimlar respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga xalqaro anjumanlariga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi.

So‘ngra ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G‘.To‘ychiev dars tahlillari haqida gapirib, xalqaro shartnomalar,adabiyotlar, laboratoriya jihozlaridan foydalanish kabi masalalarga to‘xtaldi.
Yig‘ilish yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!