Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘QUV-USLUBIY BO’LIMI

O`quv-uslubiy bo’lim boshlig’i 

YUSUPOV QAXRAMON MUXIDDINOVICH

Tel: 0374 223-94-58

e-mail: qakhramon1964@mail.ru

 

BO‘LIM VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI

  • O`quv jarayoniga oid me`yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta`minlash va o`quv jarayoniga to`laqonli tatbiq etish;
  • O`quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o`quv ishlarini uslubiy jihatdan ta`minlash va takomillashtirish;
  • Institutda o`quv reja va dasturlar asosida o`quv ishlarini amalgam oshirish;
  • O`quv yillari uchun o`quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
  • O`quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo`yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o`quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressi vusullarini tatbiq etish;
  • Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma`ruza zallaridan to`g`ri foydalanishni ta`minlash va nazorat qilish;
  • Talabalarning o`zlashtirishi bo`yicha xulosalar chiqarish, joriy o‘zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida institut bo`yicha Kengashga hisobot tayyorlash;
  • Institutning Kengashi, rektorat majlislari, markaziy uslubiy hay`atga o`quv ishlari bo`yicha ma`lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
  • O`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo`riqxat, ko`rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va rektorat kengashi qarorlarini, rektor va prorektor buyruk, farmoyish va joriy ko`rsatmalarini dekanat, kafedra va institutning boshqa bo`limlariga etkazish va ijrosini nazorat qilish;
  • O`quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo`yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • Muddatli buyurtmalar: professor-o`qituvchi jurnali, ma`ruzalarni qayd etish jurnali, o`qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o`quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta`minlanishini nazorat qilish;
  • Kafedra va fakultetlarda o`quv ishlariga mutasaddilar bilan o`quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
  • Talabalar kontingentini aniqlash;
  • Dekanatlar va kafedralarning yangi o`quv yiliga tayyorgarligini nazorat

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

 

Institut tashkil topgan yili dastlab davolash fakulteti tarkibida48 ta kafedra ochilgan. Davolash fakultetiga professor K.A.Zufarov dekan lavozimiga tayinlangan va bu fakultetga 239 nafar talaba qabul qilingan.

Pediatriya fakulteti 1966-yilning 15 noyabrida Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 476-SH sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan. Fakultetning birinchi dekani M.S.Soatov tayinlangan. 1972-yili O‘rta Osiyo pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida pediatriya fakulteti tugatilgan. Pediatriya fakultetida o`qiyotgan talabalar O`rta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) hozirgi ToshPMI ga ko`chirilgan.

1976-yili institut moddiy texnika bazasining yuksalishi, Farg`ona vodiysi muassasalari uchun yuqori malakali pediatrlar tayyorlashning zaruriyati, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ochilishi munosabati va institut rektori Yu.O.Otabekovning tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligining 01/701-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibida qayta pediatriya fakulteti tashkil qilingan va qo`shimcha 12 ta kafedra ochilgan.

1999-yili Oliy hamshiralik ishi fakulteti ochilgan, fakultet dekani etib professor SH.K.Qodirov tayinlangan.

Davolash fakulteti qoshida 2001-yili kasb ta`limi (davolashishi) yo`nalishi ochildi va bu yo`nalishga mas’ul etib dotsent T.Saydullayev tayinlandi.

2001-yildan institutda magistratura bo‘limi ochilib, unga professor K.T.Xudoyberdiyev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi.

Fakultetlarning birinchi qaldirg‘ochlari:

Davolash fakultetida                                     -1961 yili        -192 nafar

Pediatriya fakultetida                                                -1982 yili        -112 nafar

Oliy hamshiralik ishida                                  -2002 yili        -8 nafar

Magistraturada                                              -2004 yili        -16 nafar

Kasb ta’limi (davolash ishi)                           -2008 yili        -15 nafar

Institut tashkil topgan yildan boshlab iqtidorli talabalarni tanlashga alohida e`tibor berilgan. Barcha kafedralarda professor, dotsentlar iqtidorli talabalar bilan reja bo`yicha qo`shimcha darslar olib borganlar. Talabalarning intilishiga, qobiliyatiga va xohishiga qarab kafedralarda axborot texnologiyalari, chet tillari va mutaxassislik fanlari bo`yicha qo`shimcha darslar tashkil qilinishi natijasida bugungi kunga kelib, aksariyat kafedralarning professor-o`qituvchilarini institut bitiruvchilari tashkil etadi.

Institutda yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ilg`or fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tatbiq qilingan. Ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik fanlar, jumladan, yuqumli kasalliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi ilmiy-amaliy yo`nalishlar bo`yicha erishilgan fan yutuqlari, BMTning YUNISEF, bolalar fondi tomonidan kiritilgan zamonaviy yangiliklari, tasdiqqa asoslangan tibbiyot asoslari hamda tadqiqot natijalari talabalarga turli shakllarda, ilmiy seminar, qo`shimcha ma`ruza va o`quv-laboratoriya mashg`uloti tarzida                                o `tkazilmoqda, ilmiy-amaliy anjuman materiallari sifatida yetkazilishi amalga oshirilgan.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida o`quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ko`plab ishlar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda institutda

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Stomatologiya

Kasb ta’limi (davolash ishi)

Tibbiy profilaktika ishi

Oliy hamshiralik ishi

Farmatsiya

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari faoliyat yuritadi.

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan hozirgi vaqtga qadar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar

 

Ismi-sharifi Yillar
1. Professor Yorqin Xolmatovich To`rakulov 1955-1959
2. Professor Valentina Abdullayevna Babayeva 1959-1961
3. Dotsent Ismoil Ibragimovich Ibragimov 1961-1963
4. DotsentUchqun G`aniyevich G‘aniyev 1963-1972
5. Professor Soatqul Usmanovich Jumaboyev 1972-1980
6. Professor Komil Mirzayevich Mirzayev 1980-1985
7. Dotsent Mamatbotir Otaxonovich Otaxonov 1985-1986
8. Professor Mamazoir Axmedovich Xo`jamberdiyev 1986-1996
9. Professor Qobil Qosimovich Qosimov 1996-2007
10. Professor Alisher Qayumovich Shadmanov 2007-2010
11. Professor Madamin Mo`minovich Madazimov 2010-2012
12. Professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov 2012-2018
13 Professor  Arzikulov Abdurayim Shamshiyevich 2018-hozirgi kungacha

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan to hozirgi vaqtga qadar o`quv bo`limi boshliqlari lavozimida ishlagan xodimlar

 

Ismi-sharifi Yillar
1. Dotsent Rumiy Said Sobirovich 1955-1969
2. Dotsent Maxmudov Aripdjan Maxmudovich 1969-1970
3. Martyanov Yuriy Aleksandrovich 1970-1972
5. Dotsent Mamajanov Xasanboy Inamovich. 1973-1977
6. Xamrakulov Mo`ydin Xamroqulovich 1977-1980
7. Elkina Lidiya Aleksandrovna 1980-1984
8. Dotsent Legkoeva Galina Aleksandrovna 1984-1992
9. Dotsent Jalilov Tojidin Jalilovich 1992-1999
10. Abduraxmanova Mavluda Numanovna 1999-2005
11. Dotsent AliyevXusniddin Maxmudovich 2005-2015
12. Yusupov Qahramon Muxiddinovich 2015-2016
13. Dotsent Inakova Barnoxon Baxodirovna 2016-2018
14. Dotsent Nazarova Gulchexra Usmanovna 2018-2019
14. Yusupov Qahramon Muxiddinovich 2019-xozirgi kungacha

Dastlabki institut tashkil qilinganda fanlar bo‘yicha seksiyalar tashkil qilinib, ularni boshqarganlar ro‘yxati:

  1. Jarrohlik seksiyasi -rais prof. Y.Yasnogorodskiy
  2. Akusherlik-ginekologiya seksiyasi -rais dots. A.Yusupova
  3. Umumiyfanlarseksiyasi -rais dots. X.Y.Musayev
  4. Pediatriya seksiyasi -rais dots. E.S.Etsina
  5. Mediko-biologikseksiyasi -rais prof. G. F. Korotko
  6. Terapiya seksiyasi -rais prof. R.Rasulov

Institutda o`quv-uslubiy ishlarni tashkil etilishida markaziy uslubiy hay`at va markaziy fanlar uslubiy hay`atlari faol ishtirok etmoqdalar. Markaziy uslubiy hay`atiga o`quv ishlari bo`yicha prorektor raislik qilib kelmoqda.

Institutda quyidagi markaziy fanlar uslubiy hayt`atlari mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  2. Tibbiy-biologik fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  3. Terapiya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  4. Akusherlik-ginekologiya fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  5. Pediatriya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  6. Jarrohlik fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  7. Yuqumli kasalliklar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at

Markaziy uslubiy hay`atda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, monografiya, darsliklar ko`rib chiqiladi va institut Kengashiga taqdim etiladi, bakalavriat hamda magistratura yo`nalishlaridagi o`quv-tarbiyaviy jarayon muhokama qilinadi.

Institut 1955-yildan 2016-yilgacha professor-o`qituvchilar tomonidan 60 ta darslik,                           135 ta o`quv qo`llanma, 3025 ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 56ta o`quv-uslubiy tavsiyalar, 182 ta ratsional takliflar yaratildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga 1955-yildan 2016-yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 32051 nafar. Ulardan: davolash ishi yo`nalishiga – 20408, pediatriya ishi yo`nalishiga – 9324, oliy hamshiralik ishiga – 568, kasb ta`limi yo`nalishiga – 434 nafar, magistraturaga esa – 1317 nafar talaba qabul qilingan.

Institutda so`nggi yillarda o`quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish orqali raqobat bardosh tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun innovatsion ta`lim texnologiyalari bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalari va xorijiy tillarni o`rganishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, qarori bo`yicha bajarilgan ishlar

  • asosiy o`quv binoning 2 tama`ruzalar zalida 2 ta elektrondoska va odam anatomiyasi kafedrasida 1 ta multisensorli displey o`rnatilgan.
  • Bioorganik va biologik kimyo kafedrasida tibbiy kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4 taxona, biologik kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4 ta xona ajratildi,                2 ta Laboratoriya pasportlari tayyorlanib, topshirilgan. O`quv laboratoriya xonalari uchun kerakli laboratoriya anjomlari va reaktivlarga buyurtmalar berilgan.                  2017-2018-o`quv yilida yangi ochilgan farmatsiya yo`nalishi uchun 1 672 200 so`mlik kimyoviy reaktivlar sotib olingan. Samarqand “XIMREAKTIVINVEST” kompaniyasidan 3 ta mo`rili shkaf va 2 ta (25 l va 15 l) distillyatorlar olib kelingan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 5–maydagi PQ-2956-sonli “O`zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  • institutda davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi) yo`nalishlari o`qish muddati 7 yildan 6 yilga o`tkazildi. Bitiruvchi kurslar o‘quv reja va fan dasturlari qayta ko`rib chiqildi va takomillashtirildi.
  • davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi), stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya ta`lim yo`nalishlarining 1-kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliginng 2017-yil 22-avgustdagi № 474-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan malaka talablari va fanda sturlari asosida ishchi fanda sturlari ishlab chiqilgan.
  • institutda o`quv jarayoniga zamonaviy innovatsion ta`lim texnologiyalari joriy qilindi, o`quv reja va dasturlarda mutaxassislik fanlarni ulushi 60-65% gacha ko`paytirilgan, o`quv jarayoni davomida amaliy ko`nikmalarni puxta o`zlashtirishi uchun, klinik fanlarda 50%ga nazariy va 50%amaliy qismini bajarilishi ta`minlangan, talabalar amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari uchun simulyatsion xonalar tashkil etilgan: muammoga yo`naltirilgan ma`ruzalar, diagnostika va davolashda klinik vaziyatlar, OSKEni trenajer, simulyatorlar va volonterlardа o`tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
  • talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini, kasbiy va ixtisoslik fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlarni klinik amaliyotni kengaytirish hisobiga qaratilgan vazifalarni bajarish, amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari, takomillashtirilgan o`quv reja va dasturlarga muvofiq tegishli shart sharoitlar yaratish maqsadida 24 ta klinik kafedralarda simulyatsion xonalar tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 27–iyuldagi “Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar

  • 2017-yil barcha ta`lim yo`nalishlarining barcha kurslarda 2 tadan guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o`qitish bosqichma-bosqich tashkil etildi.
  • institutda chet tili kafedralari o`qituvchilarini jalb etgan holda professor-o`qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini chet tilida o`qitish bo`yicha o`quv kurslari tashkil etildi.
  • barcha ta`lim yo`nalishlarida mashg`ulotlar rivojlangan davlatlar nufuzli OTMlari professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan o`quv adabiyotlaridan foydalanib o`qitilishi yo`lga qo`yilgan.
  • 2017-2018-o`quv yilidan boshlab har haftaning seshanba kunlari bir marta (dars jadvalining 2-juftligida 40 daqiqa “Axborot soati”40daqiqa “Murabbiylik soati” shaklida) barcha guruhlarda “Axborot va murabbiylik soati” mashg`ulotlari yuqori saviyada o`tkazilishi yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3071-sonli qarorida «Sog`liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko`z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to`ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Keyingi besh yilda Respublika markazlarida 150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi» deb aytib o`tilgan, shuningdek mavjud muammolardan biri bu shifokorlarni kasbiy mahoratlarini oshirish va bunda  klinik amaliy ko`nikmalarga ham e`tibor qaratish lozimligi qayd qilib o`tilgan bo‘lib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-sonli qarorining 5-ilovasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining  IV bobi – “Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” va “Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o`quv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish” belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida 2018-2019 o`quv yilining sentabr oyidan o`qitish jarayoni sifatini yanada oshirish, tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart  sharoitlarni ta`minlash maqsadida                                “O`QUV-SIMULYATSION LABORATORIYA” tashkil etildi.

“O`quv-simulyatsion laboratoriya” markazi institut asosiy binosida joylashgan bo`lib, faoliyatini tashkillashtirish jarayonida “O`quv-simulyatsion laboratoriya nizomi” ishlab chiqilgan va ushbu Nizomda barcha xodimlar lavozim yo`riqnomalari belgilangan.

O`quv xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, o`quv jihozlari, fantomlar, trenajerlar va simulyatorlar bilan jihozlangan bo`lib, talabalar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarini mulyajlarda amaliy ko`nikmalarni qadamma-qadam bajarilish va baholash me`zonlarini bajarishlari maqsadida 92 ta uslubiy tavsiyanomalari yaratildi.

Bugungi kunda O`quv-simulyatsion laboratoriya markazida quyidagi yo`nalishlar bo`yicha simulyatsion laborator auditoriyalar tashkil etilgan bo`lib, ular quyidagilar:

  • Xirurgiya
  • Anesteziologiya va reanimatologiya
  • Tez tibbiy yordam
  • Pediatriya
  • Akusherlik va ginekologiya
  • Terapiya
  • Simulyatsion palata
  • Hamshiralik qarovi xonasi
  • Stomatologiya
  • Oftalmologiya
  • Otorinolaringologiya
  • Anatomiya va topografik anatomiya yo`nalishlaridan foydalanib kelinmoqda.

Ushbu yo`nalishlar bo`yicha 46 dona fantomlar, trenajerlar va simulyatorlardan foydanilmoqda.

Institutda 2020-yilda ta`lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

1.      Masofavi yo`qitish tizimini va informatsion texnologiyalarni qo`llagan holda o`qitish elementlarini o`quv jarayoniga kiritish.
2.      Ta`lim tizimida motivatsiya jarayonini ishlab chiqish.
3.      Moodle o‘qitish tizimi (talabalarni mustaqil amaliy ishlarini, simulyasion o`qitish sinflarini tashkil etish)ni joriy etish.
4.      Tibbiyot OTMlari fakultetlari qoshida kafedralararo fantom markazlarini tashkil etish (bu talablarda amaliy ko`nikmalarni qayta-qayta va nihoyat xatosiz bajarishini ta`minlaydi. Fantom markazlarni asosiy maqsadi talablarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashda qo`rquvni yo`qotishni, dadillikni rivojlantirishni ta`minlaydi).
5.      Tibbiyot OTMlari talabalari dailmiyizlan ishlarolib borish ko`nikmalarini shakllantirish.
6.      Davolash-diagnostika ishlarini kompyuter-imitatsiya qilish innovatsion o`quv texnologiyasini o`quv jarayoniga kiritish.
7.      Nazariy va klinik kafedralar o`qituvchilarining bir-birlari bilan tarmoq orqali bog`lanish imkoniyatini yaratish.
8.      Gibrid shaklidagi o`qitishni o`quv jarayoniga kiritish. Bu shaklda talaba mustaqil (onlayn) hamda kunduzgi shaklda (o`qituvchi ishtirokida) bilim olishi mumkin.
9.      Har bir PO`larni chet tilini o‘rganishini doimiy nazoratini kuchaytirish, o`quv jarayoniga chet tilini to`liq tatbiq etish.
10.  O`quv laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini yaxshilash. Ishchi o`quv rejada rejalashtirilgan laboratori shlarni to`liq bajarish uchun kerakli jihozlar va reaktivlar bilan ta`minlash.
11.  Oliygohning «Eng yaxshi guruhi» tanlovini tashkil etish. (Bu usul talabalarni har bir fan bo`yicha materiallarni sifatli o`rganishiga, o‘zini qiziqtirgan fanlar bo`yicha ilmiy ishlarda ishtirok etishiga, institutning jamoat, sport, ma`naviy-ma`rifiy ishlarida faol ishtirok etishga undaydi).
12.  Talabalarni (har kun yakunida) bugun Men o`z bilimimni oshirish uchun nima ish qildim degan savolga real ijobiy baho berishga o`rgatish.
13.  Talabalarga har bir mavzuning murakkab qismlari bo`yicha savollar tayyorlay bilish, guruh va o`qituvchi muhokamasiga tashlay bilishni o`rgatish.
14.  Amaliy mashg`ulotlar ko`nikmalarini mukammal egallash uchun kafedrada simulyatsion auditoriyalar, amaliy mashg`ulot larlaboratoriyasini tashkil qilish va bu yerda har bir amaliy ko`nikmani talabalar tomonidan avtomatizm darajasiga yetkazish.
15.  Kafedralarda integral ma`ruza, master klasslar, kafedralararo va ichki anjumanlarni o`quv yilida davomida o`tkazilishini kuchaytirish.
16.  Yetuk xorijiy ta`lim muassasalaridan yetuk PO`larni o`quv jarayoniga taklif qilish, tajriba almashish maqsadida institut PO`larini xorijiy safarlarini tashkil qilish.
17.  Mutaxassislik fanlaridan xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda muntazam ravishda O`UM yangilab borish, xorijiy adabiyotlar asosida o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratish.
18.  Ta`lim sifatini oshirishga talabalar ota-onalarini jalb qilish (talabalar davomati, o`zlashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha har semestr yakunida talabalar va ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil qilish).

 

BO‘LIMDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR

F.I.SH Lavozimi Telefon raqami E-mail
1 Rustamova Zeboxon Abduqaxxorovna bo`lim uslubchisi (+998 91)

497-56-18

adti_uquvbulim@mail.ru
2 Mamadaliyeva Muxlisaxon Xabibullo qizi bo`lim inspektori 0374 223-94-58 adti_uquvbulim@mail.ru
3 Karimova O`lmasxon Mirxaliq qizi bo`lim dispetcheri (+998 91)

618-19-50

adti_uquvbulim@mail.ru
4 Axmadjonova E`tiborxon Ulug`bek qizi bo`lim dispetcheri (+998 91)

491-44-94

adti_uquvbulim@mail.ru
5 Abdurahimov Shuhratbek Akmalxon o`g`li bo`lim ish yurituvchisi (+998 90)

207-37-97

adti_uquvbulim@mail.ru
6 Abdubannopova Barchinoy Adaxamjon Qizi Inspektor (+998 95)

202-19-72

adti_uquvbulim@mail.ru
Skip to content Click to listen highlighted text!